21 iyun kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6272 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 13 nafari Karantin марказидаги fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent shahri (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 10 nafari Samarqand viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 9 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Andijon viloyatida aholi orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 119 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 4377 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.