Kubatbek Boronov Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaradi. Hukumat texnik rahbarligiga uning nomzodi parlament koalitsiyasi tomonidan ilgari surildi va tasdiqlandi, deya xabar berdi 24.kg nashri.

Kubatbek Boronov Jogorku Keneshga saylovlar bo‘lib o‘tguniga qadar hukumatni boshqaradi. U amaldagi siyosatni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.

2020 yilda bosh vazir v. b. 56 yoshga kiradi. 2000-yillarda u Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ishlagan. 2018 yilda Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

2018 yildan Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimida ishlab kelgan Muxammedkaliy Abilgaziyev yaqinda iste’foga chiqdi. U radiochastotalarning noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha noaniqliklar sababli iste’foga chiqishga qaror qildi. Avvalroq esa deputat hukumat rahbarini korrupsiyada aloqadorlikda ayblagan edi.