15 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5263 (+109) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 77 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 2 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan), 5 nafari Namangan viloyatida, yana 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib qarantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Samarqand viloyatida aholi orasida aniqlangan.

️Ayni paytda mamlakatda 4019 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foiz) sog‘aygan.

️Hozirda mamlakatimizda 1225 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.