O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 8−10 iyun kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel xavfi haqida ogohlantirish berdi.

Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning 1050 raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz", deyiladi xabarda.

Avvalroq hafta oxirigacha tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi haqida xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, may oyida respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi oqibatida ko‘plab fuqarolar evakuatsiya qilindi, uy-joy va chorva mollariga zarar yetdi. Jizzax viloyatida esa ikkita holatda sel oqizib ketgan bolalar opa-uka va 10 yosh hayotdan ko‘z yumdi.