Polkovnik Umarxonov Azizxon Sharipxonovich O‘zbekiston IIV Patrul — post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Tayinlovga qadar (2018 yil bahoridan buyon) Azizxon Umarxonov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

U 2019 yil noyabridan buyon ishlab kelgan va aprelda Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan polkovnik Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev o‘rnida ish boshladi.

Polkovnik Alikariyev Murodilla Saydullayevich esa poytxt IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar (2019 yil martidan) Murodilla Alikariyev Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.