Payshanba kuni O‘zbekistonda 75 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Infeksiya qayd etilganlarning 48 nafari Karantin markazidan, 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 21 nafari (Toshkent shahri 16, Samarqand viloyati 4, Toshkent viloyati 1) esa aholi orasidan aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.



Shuningdek, kun davomida 26 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ayni paytgacha kasallikka chalingan 3444 nafar bemordan 2694 nafari butunlay sog‘ayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 736 nafar bemor respublikaning 7 xududidagi davolash muassasalarida davolanishmoqda.

️Bugun mamlakatda uy karantiniga 1166 nafar fuqaro olinib, 1284 nafar fuqaro chiqarildi. Statsionar karantinga esa 1532 nafar fuqaro olinib, 935 nafar fuqaro o‘z uyiga kuzatildi.