Markaziy apparat xodimlaridan olingan COVID-19 test tahlillari natijalariga ko‘ra, bironta ham koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish holati aniqlanmadi, deya xabar berdi DSQ matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 23 may kuni DSQ huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlangan edi. Shu bois, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlaridan COVID-19 ga test tahlillari olindi.

Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlari mehnat qonunchiligiga va karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda avvalgi rejimda ishlashni davom ettiradi, deyiladi xabarda.