Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida aniqlandi, deya xabar qildi DSQ matbuot xizmati.

“DSQ xodimlari infeksiya aniqlangan odam bilan aloqada bo‘lishlari mumkinligini hisobga olib, koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida hozirda butun Markaziy apparat xodimlari COVID19 ga test topshirmoqda”. — deyiladi xabarda.

DSQda ish jarayoni karantin standartlariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Jumladan, qo‘mita binosiga kirganda barcha xodimlar harorati o‘lchanadi, binoning ichida ham, tashqarisida ham muntazam ravishda sanitariya holati ta’minlangan. Shuningdek, ️barcha xodimlar tibbiy niqobda ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat olib bormoqda.

Avvalroq OAVda Davlat soliq qo‘mitasining ikki xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlagani, ularning DSQ markaziy apparati bo‘lim boshlig‘i va uning haydovchisi ekani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.