8 may soat 22:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2325 nafarni tashkil qilmoqda.

Bugun kun davomida 27 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi.

Bugun mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 119 nafari sog‘ayib, rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Jami tuzalganlar soni 1775 nafarga yetdi va davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etdi.

Sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 540 nafar bemor davolanmoqda.

Hududlar bo‘yicha COVID-19 statistikasi

  • Qoraqalpog‘iston — 114 ta holat (+3), 101 bemor sog‘aygan (80 foiz), 22 bemor qolgan;
  • Andijon viloyatida — 166 ta holat (+1), 135 bemor sog‘aygan (+1 ta, 81 foiz), 31 nafar qolgan;
  • Buxoro viloyatida — 440 ta holat (+5), 404 bemor sog‘aygan (+32 ta, 92 foiz), 36 bemor qolgan;
  • Jizzax viloyatida — 3 ta holat, 3 bemor sog‘aygan (100 foiz);
  • Qashqadaryo viloyatida — 6 ta holat, 6 bemor sog‘aygan (10 foiz);
  • Navoiy viloyatida — 2 ta holat, 2 bemor sog‘aygan (100 foiz);
  • Namangan viloyatida — 234 ta holat, 159 bemor sog‘aygan (+22, 68 foiz, 4 ta o‘lim), 71 bemor qolgan;
  • Samarqand viloyatida — 166 ta holat (+4 ta), 70 bemor sog‘aygan (+18, 42 foiz), 96 bemor qolgan;
  • Sirdaryo viloyatida — 24 ta holat (+1), 13 bemor sog‘aygan (+8, 54 foiz), 13 bemor qolgan;
  • Surxondaryo viloyatida — 41 ta holat, 35 bemor sog‘aygan (+6, 85 foiz), 6 bemor qolgan;
  • Farg‘ona viloyatida — 158 ta holat, 131 nafari sog‘aygan (83 foiz, 1 ta o‘lim), 26 bemor qolgan;
  • Xorazm viloyatida — 233 ta holat, 168 bemor sog‘aygan (+1 ta, 72 foiz), 65 bemor qolgan;
  • Toshkent viloyati va Toshkent shahri — 738 ta holat (+13 ta), 548 bemor sog‘aygan (+30, 74 foiz, 5 ta o‘lim), 188 bemor qolgan.