8 may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2324 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Bundan avvalroq COVID-19 bemorlari soni 16 taga oshib, 2314 taga yetgani xabar qilingan edi.

Shu bilan birga, koronavirusdan sog‘ayganlar safiga yana 82 kishi qo‘shilib, jami tuzalganlar 1738 nafarga yetdi.