Farg‘ona vodiysida 6 may kuni soat 15:51 da zilzila sezildi, uning o‘chog‘i Xitoy bilan Qirg‘iziston chegarasida joylashgan edi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar berishicha, epitsentrda zilzila kuchi 5, chuqurligi esa 10 km bo‘lgan. Toshkentdan masofa — 431 km.

Namanganda va Farg‘onada yerosti silkinishlari 2 balni, Andijonda 3 balni tashkil etdi. Toshkent bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatilmagan, ammo poytaxtning ba’zi tumanlarida yashovchilar kuchsiz yerosti silkinishlarini sezishgan.