3 may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2136 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Undan avvalroq soat 10:00 holati COVID-19 qayd etilganlar soni 2127 nafarga yetgani xabar qilingan edi. Bir kun muqaddam esa bu ko‘rsatkich 2118 ta bilan yakuniga yetgan edi.

Shunday qilib, kunning hozirgi vaqtiga qadar o‘sish 18 tani tashkil etmoqda. Shu bilan bir qatorda, bugungi kunga qadar koronavirusga chalinganlarning 1278 nafari ushbu infeksiyadan to‘liq xalos bo‘ldi. 9 kishi vafot etdi.