2 may soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2113 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi. Kun davomida 27 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi.

Shu bilan birga, bugunning o‘zida 59 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1271 nafarни tashkil etmoqda.

Jumladan, Namangan viloyatida 17 nafar, Toshkent shahrida 21 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 8 nafar, Xorazm viloyatidan 3 nafar, Andijon viloyatidan 2 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan to‘liq xalos bo‘lib, reabilitatsiyaga kuzatildi.