Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti XVI asrga mansub Xo‘ja Kalon masjidi va minorasi oldida ta’mirlash ishlari olib borilgani haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Buxoro viloyati xokimligi tomonidan mazkur yodgorlik oldida joylashgan xovuzni ta’mirlash ishlari Madaniy meros departamentining maxsus ruxsatnomasiz amalga oshirilgan. Shu munosabat bilan 14 aprel kuni Buxoro viloyat Madaniy meros inspeksiyasi tomonidan Buxoro shahar xokimligiga Xo‘ja Kalon masjidi oldida ta’mirlash ishlari to‘xtatilishi lozimligi to‘g‘risida xat kiritilgan.

Voqea yuzasidan Madaniy meros departamenti o‘rnatilgan tartibda hujjatlarni Bosh prokuraturasiga taqdim etadi, deyiladi xabarda.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 martdagi qaroriga muvofiq, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy hududlar, tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, YUNESKOning Umumjahon meros ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniy meros departamentidan maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Buxoro shahridagi Xo‘ja Kalon masjidi va minorasi 1573−1579 yillarda qo‘rilgan bo‘lib, madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan ob’ektdir.