Toshkentning Yunusobod tumanida 21 aprel kuni 7:15 da Isuzu rusumli avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi poytaxt IIB matbuot xizmati.

Ahmad DOnish ko‘chasida 37 yoshli haydovchi Elmurod I. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketdi va simyog‘ochga borib urildi.

Haydovchi va ikki yo‘lovchi — 38 yoshli Ikrom D. va 24 yoshli Azizbek M. tan jarohati olib, tibbiy yordamga murojaat qildi.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.