Tojikistonda vaqtincha bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza va ro‘yxatda turish muddatlari epidemiologik vaziyat barqarorlashgunicha uzaytiriladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistoning Dushanbedagi elchixonasiga tayanib xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda mamlakatda vaqtincha bo‘lib turgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza va ro‘yxatda turish muddatlari epidemiologik vaziyat barqarorlashganicha uzaytirilishini ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan qo‘shni respublika hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari viza muddatini uzaytirish uchun Tojikiston TIVning Bosh konsullik boshqarmasi va Sug‘d viloyatidagi vakolatxonasiga, ro‘yxatda turish muddatini uzaytirish uchun esa Tojikiston Ichki ishlar vazirligining Pasport-ro‘yxatga olish xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.