Koronavirusga chalingan 263 nafar fuqarodan 102 nafari xorijda bo‘lgan, 161 nafar bemor esa ular bilan muloqotda bo‘lgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Bemorlarning 120 nafari erkak, 143 nafari xotin-qizlar bo‘lsa, shundan 13 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

Yosh jihatidan 9 yoshgacha bo‘lgan — 8 nafar bemor,10−19 yoshgacha — 10 nafar, 20−29 yoshgacha — 51 nafar, 30−39 yoshgacha — 63 nafar, 40−49 yoshgacha — 73 nafar, 50−59 yoshgacha — 40 nafar, 60−69 yoshgacha — 13 nafar, 70−79 yoshgacha — 5 nafarni tashkil etmoqda.

Xorijda bo‘lib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 102 nafar fuqarolar Fransiya (2), Turkiya (45), Rossiya (46), Buyuk Britaniya (5), BAA (2), Saudiya Arabistoni (1) hamda Shveysariya (1) kabi davlatlarda bo‘lib qaytgan.

161 nafar fuqaro esa ular bilan muloqotda bo‘lgani uchun yuqtirib olishgan.

Xabarda ma’lum qilinishicha, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 146 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Farg‘ona viloyatida, 28 nafari Namangan viloyatida, 30 nafari Andijon viloyatida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida va 2 nafari Navoiy viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda.

Hozirgi paytga qadar 25 nafar bemor to‘la tuzalgan.