O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan bir qator tijorat banklari Markaziy bank tavsiyasiga binoan qarzdorlarga to‘lov ta’tillarini va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim qila boshladi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirga qadar O‘zbekistonda faoliyat yuritadigan 15 ta bank o‘z mijozlari uchun kredit ta’tillari taqdim etilishini hamda foizlarni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun penya hisoblanmasligini ma’lum qilgan. Xususan, ular:

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 3 aprel kuniga qadar Toshkent bo‘yicha kredit ta’tillarini so‘rab 37 mingta murojaatlar kelib tushgan hamda arizalar karantin rejimi sababli asosan onlayn tarzda qabul qilinmoqda.

«Karantin davrida kredit ta’tillari berayotgan banklar mijozlardan onlayn arizalarni qabul qilmoqda. Onlayn murojaat bera olmagan taqdiringizda, karantin davri tugaganidan so‘ng bir-necha kun ichida bankka ariza bilan murojaat qilishingiz so‘raladi», — dedi Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi bosh iqtisodchisi Burxon Musayev.

Markaziy bank fuqarolardan banklar tomonidan muammolar yuzaga kelgan taqdirda 71 200 00 44 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishini so‘raydi.