3 aprel kunidan boshlab, «O‘zbekneftgaz» yoqilg‘i quyish shoxobchalari dizel yonilg‘isi narxi 300 so‘mga arzonlashtirilgan holda sotuvga chiqariladi. Bu haqda energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Dizel yonilg‘isining narxi bir oy ichida 500 so‘mga pasaydi.

Bundan tashqari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida O‘zbekistonda ilk bor «Yevro-4» va «Yevro-5» sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilg‘isining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ narxlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borishi ma’lum qilingan.

Oldinroq, «Gazeta.uz»ning neft-gaz sohasidagi manbalari yoqilg‘i bozorida benzin va dizel narxlari bosqichma-bosqich arzonlashib borishi haqida xabar bergan edi. 25 mart kuni Ai92 markali benzin narxi 200 so‘mga pasaygan edi.