Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning 20 martdagi qarori bilan poytaxtda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatlari tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatlari zonalar va tumanlar kesimida belgilanadi.

Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan belgilangan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan minimal qiymati asosida yer uchastkasining boshlang‘ich narxlari quyidagicha:


Toshkentda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati tumanlar kesimida:


Shuningdek, qaror bilan Toshkent Davlat soliq boshqarmasi poytaxtda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatini «YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalari, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi qaroriga muvofiq, endilikda elektron onlayn-auksion orqali beriladi.