Shanba kuni Toshkentning Uchtepa tumanidagi ikki qavatli avtoservis binosining qisman qulashi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi (ulardan biri — voqea joyida), to‘rt kishi jarohatlandi, deya xabar berdi O‘zbekiston FVV.

Hodisa taxminan 11:40 da sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bino qulashiga gaz yoki kislorod balloni portlashi sabab bo‘lgan.

Favqulodda holat joyida FVV qutqaruvchilari va boshqa xizmatlar vakillari ish olib bormoqda. Mazkur holatning kelib chiqish sabablari yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda