Oybek Melsovich Mannonov Toshkentning Olmazor tumani prokurori lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi shahar prokuraturasi matbuot xizmati.U avvalroq Toshkent hokimi yordamchisi — Mahalla va oila masalalari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan Dada-Ali Zufarov o‘rnini egalladi.

Oybek Mannonov (1986 y. t.) Toshkent davlat universiteti (2009) va Bosh prokuratura oliy o‘quv kursini (2017) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini poytaxtning Yashnobod tuman prokuraturasida boshlagan, so‘ngra shahar prokuraturasida turli lavozimlarda ishlagan.

Feraldan buyon Toshkent prokurorining xalqaro huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchisi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.