26−27 fevralda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlari (Astraxan) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kiradi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

26−27 fevralda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda yog‘inlar kuchli bo‘ladi.

Shamolning tezligi kuchayib, soniyasiga 15−20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23−28 metrgacha yetadi.

Havo harorati 26 fevralda kechasi 7−12 daraja iliq, kunduzi 13−18 daraja iliq bo‘ladi, mamlakat shimolida kechasi va kunduzi 3−8 darajani tashkil qiladi. 27 fevralda respublika bo‘yicha havo haroratining kechasi va kunduzi 3−8 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.