Toshkent hokimi o‘rinbosari — Mahalla va oila masalalari boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Dada-Ali Nig‘matovich Zufarov tayinlandi, deya xabar qildi poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati.

Dada-Ali Zufarov (1975 y. t.) — Toshkent arxitektura-qurilish instituti (2001) va Toshkent davlat yuridik instituti (2006) bitiruvchisi. 2001 yildan bugungi kunga qadar huquqni muhofaza qilish organlarida ishlagan.

Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mahkam Mirjanovich Vafoyev esa Dada-Ali Zufarov o‘rinbosari etib tayinlandi.

Mahalla va oila masalalari vazirligi prezidentning 18 fevraldagi farmoni bilan tashkil etildi. Avvalroq Elmira Bositxonova vazirning birinchi o‘rinbosari, Azizbek Ikromov, Botir Parpiyev va Sodiqjon Turiyevning vazir o‘rinbosari etib tayinlanganini xabar qilgan edik.