Shu paytga qadar ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan polkovnik Doniyor Baxtiyarovich Tashxodjayev Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda IIV Tergov departamenti axborot berdi.

Doniyor Toshxodjayev ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Tergov departamenti rahbari lavozimida deyarli bir yil xizmat qildi. U muqaddam Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagandi.

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Rahmat Mamatov esa Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi boshqaruvi raisi lavozimiga saylandi. U prezident tayinloviga ko‘ra, Senat a’zosi bo‘lishi kutilmoqda.