Meros va madaniyat vazirilavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Xeysam bin Toriq Al Said Ummonning yangi sultoni bo‘ldi, deya xabar qildi Novosti RAA sultonlik davlat televideniyesiga tayangan holda.

Mamlakatni yarim asr davomida boshqargan sulton Qabus bin Said Al Said 11 yanvar kuni 80 yoshida vafot etdi. Uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorislari yo‘q edi, shuning uchun hukmron oila kengashi uning 65 yoshli amakivachchasini merosxo‘r qilib sayladi.

Xeysam bin Toriq Al Said 1986 yildan beri Tashqi ishlar vazirligida bosh kotiblikkacha bo‘lgan turli lavozimlarni egallab kelgan. 2002 yildan boshlab u meros va madaniyat vaziri bo‘ldi, shuningdek, Ummonning 2040 yilgacha iqtisodiy rivojlanish dasturiga ham rahbarlik qildi.