14−15 yanvar kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindistonga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Dehlida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jaishankar bilan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, geosiyosat va geoiqtisodiyot masalalari bo‘yicha 5- Raisina Dialogue xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi.