2 yanvar kuni soat 16:40 larda Farg‘ona shahridagi Al-Farg‘oniy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi bir ayolning hayotiga zomin bo‘ldi, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Booster Max attratsioni ishlayotganda, konstruksiyaning chap tomonida boltlar bilan qotirilgan parchasi yechilib ketib, Toshloq tumanida yashovchi 32 yoshli N. Yuning boshiga tushgan. (video)

Jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona filialiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u vafot etdi.

Farg‘ona prokuraturasi ushbu holat bo‘yicha dastlabki tergov ishlarini olib bormoqda.

Booster Max attratsioni parkka 2019 yil dekabr oyida o‘rnatilgan.

Sentyabrda 2001 yilda tug‘ilgan qiz Elya X. Namangandagi madaniyat va istirohat bog‘ida Spin Block attraksionida sinovdan o‘tkazish vaqtida vafot etgan edi.

Yozda esa Jizzax shahridagi «Istiqlol» bolalar bog‘ida 1999 yilda tug‘ilgan qiz attraksion qulab tushishi tufayli hayotdan ko‘z yumgan edi. Ushbu voqeadan keyin Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi mamlakat bo‘ylab 1845 ta attraksionni sinovdan o‘tkazdi. Ularning 1292 tasida texnik pasporti mavjud emasligi. 1106 tasida attraksionlarni kunlik texnik ko‘rikdan o‘tkazish jurnali yo‘qligi va 928 attraksionda ishlatish va o‘rnatish bo‘yicha yo‘riqnomalar mavjud emasligi aniqlangan edi.