2019 il 31 dekabr kuni «O‘zbekiston bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini takomillashtirish to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga ko‘ra:

vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda beriladigan muvofiqlik sertifikati, sanitariya-epidemiologiya xulosasi, ekologik sertifikat mavjud bo‘lish talab etiladigan tovarlarni «Yagona oyna» bojxona axborot tizimida ularning berilishi tasdiqlangan taqdirda, O‘zbekiston hududiga import qilishga ruxsat beriladi;

avval dastlabki bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish bojxona yuk deklaratsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab uch soat ichida amalga oshiriladi, bunda xavflarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan xavf aniqlangan holatlar bundan mustasno.

Mazkur qaror 2020 yil 3 apreldan kuchga kiradi.