AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo boshchiligidagi AQSH delegatsiyasining 5 yanvarga rejalashtirilgan rasmiy tashrifi kechroq muddatga kechiktirildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

6 yanvar kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo — AQSH» («C5 + 1») formatidagi vazirlar uchrashuvi ham qoldirildi.

OAV xabarlariga ko‘ra, Maykl Pompeoning Ukraina, Belorusiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarini qamrab olishi rejalashtirilgan tashrifi AQSHning Iroqdagi elchixonasi yaqinidagi tartibsizliklar tufayli qoldirilgan.

Toshkentda Tashqi ishlar vazirligidagi muzokaralar va boshqa tadbirlardan tashqari, Maykl Pompeoning prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashishi kutilayotgan edi.