Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar va tantanalar Toshkentdagi 14 ta maskanda o‘tkaziladi. Ular 22 dekabr kuni boshlangan va 8 yanvargacha davom etadi, deya xabar berdi poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati.

Yangi yil bayram tadbirlari quyidagi maskanlarda bo‘lib o‘tadi:

  • Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda «Hyatt Regency» mehmonxonasining oldi maydonida;
  • Shayxontohur tumanidagi «Anhor Lokomativ» bog‘ida;
  • Shayxontohur tumanidagi «Navro‘z» bog‘ida;
  • Chilonzor tumani Algoritm dahasidagi «Roison Electronics» korxonasi old maydonida;
  • Yakkasaroy tumanidagi Pushkin maydonida;
  • Bektemir tumanidagi Madaniyat va aholi dam olish markazining old tomonida;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Bobur nomidagi «Eko-bog‘» hududida;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Central park» hududida;
  • Sergeli tumanidagi «Green park» hududida;
  • Uchtepa tumanidagi «Farhod» dehqon bozorining Kichik xalqa yo‘lidagi turargohi hududida;
  • Yunusobod tumanidagi Toshkent hayvonot bog‘i old maydonida;
  • Yashnobod tumanidagi «Ashxobod» madaniyat va istirohat bog‘i hududida;
  • Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazida;
  • Chilonzor tumanidagi «Humo arena» muz saroyining old maydonida.