12 dekabr kuni 07:30 da Andijon viloyatidagi Paytug stansiyasidagi shoxobcha yo‘lida 13 ta vagonning (6 ta bo‘sh va 7 ta yuklangan) qochish holati sodir bo‘ldi, natijada uchta vagon boshi berk yo‘liga chiqib, ikkita bo‘sh vagon izidan chiqib ketdi, deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, biriktirilgan vagonlar bo‘shatilgan vaqtida ular yo‘l qiyalik bo‘lgani sababli boshi berk yo‘l tomonga harakatlanib ketgan. IIVning aniqlik kiritishicha, vagonlar g‘ildiraklari ostiga tormon tirgaklari qo‘yib chiqilmagan, natijada bo‘sh vagonlardan biri temir yo‘lning chap tomoniga ag‘nagan, boshqasining old g‘ildiraklari relslardan chiqib qolgan.

Hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi. Holat yuzasidan hozirda xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.