1 dekabr kuni taxminan 5:30 da Toshkent viloyati Qibray tumani Alisherobod mahallasidagi uylardan birida 16 kishilik oila tibbiy yordam uchun murojaat qildi. O‘zbekiston IIV Tergov departamentining xabar qilishicha, oila a’zolari, jumladan 11 nafar voyaga yetmagan bola is gazidan zaharlandi, halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ish olib bormoqda, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi.