10 noyabr kuni taxminan 13:00 da Nukusda er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati. Uyda gazda ishlovchi isitish qozonidan foydalanilgan.

9 noyabr kuni esa soat 7−30larda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Bog‘dod mahallasida yashovchi ayol B.I., uning 2 nafar farzandlari hamda yashash xonadoniga mehmonga kelgan 5 nafar qarindoshlari yashash uyi oshxonasidagi gaz plitasini yoqib, uxlab qolishi natijasida is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Prokuratura organlari har ikki holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish olib bormoqda.