Toshkentda kuz oxirigacha kesishga ruxsat berilgan 4955 tup sog‘lom daraxtlar o‘rniga tovon sifatida 55 ming tup chinor, eman va shumtol ekiladi. Bu haqda shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Nodirjon Yusupov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida ko‘p sonli tashkilotlar qatnashish fikrini bildirgani uchun ekiladigan ko‘chatlar soni 100 ming tupga yetishi mumkin, dedi u.

1 noyabrdan qimmatbaho daraxt navlarini kesishga moratoriy e’lon qilingani haqida so‘zlar ekan, Nodirjon Yusupov Fanlar akademiyasi mutaxassislari qimmatbaho daraxt navlari ro‘yxatini kengaytirganini ma’lum qildi.

Qurilish joylarida qimmatbaho daraxtlarni kesishga taqiq qo‘yilgani sababli tadbirkorlarga daraxtlarni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yoki qurilish loyihasini o‘zgartirish taklif qilinmoqda.

Nodirjon Yusupov shaharda qurilish munosabati bilan daraxt kesish holatlari moratoriy kuchga kirgan vaqtga qadar kesishga ruxsat berilgani sababli uchrab turishini ta’kidladi.