6 noyabr kuni Samarqandning ko‘p qavatli uylar qurilayotgan Qorasuv mavzesida 10 nafar quruvchi o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘ldi. Mojaro vaqtida to‘rt kishi, jumladan uch nafar Turkiya fuqarosi jarohatlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, uch nafar turk mutaxassisi isinish uchun qurilish maydonchasi hududiga olov yoqadi. Gulxanga yana bir ishchi, O‘zbekiston fuqarosi kelganida ular o‘rtasida mojaro kelib chiqadi va mushtlashuvga aylanib ketadi. Janjalga yana olti ishchi qo‘shiladi.

To‘rt kishi, jumladan uch turk mutaxassisi tan jarohatlari olib, tibbiyot muassasasiga murojaat qildi.

Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Video