Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) rektori Bahodir Yunusovich Xodiyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi, deya xabar beradi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Rektorni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qaror prezident maslahatchilari Sherzod Qudbiyev va Abdujabbor Abduvohidov, shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura vakillari va boshqalar bilan uchrashuvda qabul qilindi.

Bahodir Xodiyev TDIUni 2016 yil may oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. 2015 yildan O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari bo‘lgan. Ilgari, 2014 yil aprel oyidan boshlab u prezidentning fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi bo‘lib ishlagan, bunga qadar 2010 yil mart oyidan beri oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, avval esa shu universitet — TDIU rektori bo‘lib ishlagan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Kongratboy Avezimbetovich Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining yangi rektori etib tayinlandi.

Foto: Oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Kongratboy Sharipov Oliy 2017 yil may oyidan beri ta’lim vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi. Bir necha yillar davomida u Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori (2009−2010 va 2017−2019), ushbu universitetning moliya va iqtisodiyot bo‘yicha birinchi prorektori (2010−2017), GM Uzbekistan yangi loyihalarni boshqarish bo‘yicha bosh menejer (2009) va boshqa lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.