3−5 noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural rayonlari (Yekaterinburg) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» matbuot xizmati xabar berdi.

3 noyabrda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. 4 noyabrda respublika bo‘yicha yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 18−23 metrgacha, shiddat bilan esganda sekundiga 25−28 metrgacha yetishi kutilmoqda.

4−5 noyabrda respublika bo‘yicha havo harorati kechasi 0−5 daraja iliqqacha tushib ketadi, ayrim joylarda 1−2 daraja sovuq bilan ayoz kuzatilishi mumkin, kunduzi harorati 8−13 darajagacha iliq, mamlakatimiz shimolida harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 3−8 darajagacha iliydi.