Navoiy shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari tomonidan shahar markaziy ko‘chalarida chiqindilarni istalgan yerlarga tashlab ketish holatlarini aniqlash maqsadida tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Reyd davomida Navoiy shahar, «Orzu» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Guliston dehqon bozori atrofida fuqaro K. Nizomov tomonidan pista po‘choqlarini, fuqaro D. Ro‘ziyev esa «Yangi hayot» savdo majmuasi oldida joylashgan avtomobillar turargohi hududiga sigareta qoldig‘i va qog‘oz chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlayotgan paytda to‘xtatilib, ularga nisbatan MJTKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va eng kam ish haqining yarim barobari miqdorida jarima qo‘llanildi.

Ma’lumot uchun, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 91-moddasi, 1-qismiga asosan jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.