Saidjonov Dilshod Madraximovich O‘zbekiston prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Prezidenti Adminstratsiyasi rahbari bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi, deya xabar qildi agentlik matbuot xizmati.

Dilshod Saidjonov shu vaqtga qadar Agentlikning Axborot siyosati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. U Avazbek Xodjimetov o‘rniga tayinlandi.