26 sentyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida O‘zbekiston fuqarolarining jabrlangani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Bosh konsulxona odatdagi tartibda ishlamoqda, deya xabar qildi Tashqi ishlar vaziligi matbuot xizmati.

Zilzila natijasida 34 kishi jarohatlandi, 437 ta binoga zarar yetdi, deya xabar berdi RIA Novosti. Zilzila o‘chog‘i Istanbuldan 68 km g‘arbda joylashgan. Yer osti silkinishlari kuchi 5,8 balni tashkil etdi. Zilziladan so‘ng 188 ta avtershok kuzatildi, ularning eng kuchlisi 4,1 ball bo‘ldi.