Bunga qadar O‘zbekiston Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Olimxon Bakiyevich Rustamov iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimi iyun oyida Ravshan G‘ulomov prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsion va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanganidan buyon vakant bo‘lib qolayotgan edi.

Olimxon Rustamov (1966 y. t.) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi (1989). 2005−2014 yillarda Hisob palatasida bosh inspektor, 2014−2016 yillarda — Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2016−2017 yillarda «O‘zbekneftgaz» raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.