Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari payshanba kuni Nozim Baxtiyorvich Husanov nomzodini O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ma’qulladi. Nomzod prezidentning tegishli farmoni imzolanganidan so‘ng tasdiqlanadi.

Avvalgi mehnat vaziri Sherzod Kudbiyev avgust oyi oxirida prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.

Nozim Husanov (1976 yil tug‘ilgan) — Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti (1997) va Toshkent moliya instituti (sirtqi bo‘lim, 2002) bitiruvchisi. 2014−2016 yillarda «Mikrokreditbank» ochiq aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi, 2013−2014 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, 2010−2011 yillarda Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2018 yilning may oyidan buyon Toshkentning Sergeli tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Martda O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishga ko‘ra, Qonunchilik palatasi vakolati kengaytirildi. Jumladan, deputatlar Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari prezident tasdig‘idan so‘ng o‘z ajburiyatlarini bajarishga kirishadi.