Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022-yilgi jahon chempionatining Osiyo bo‘yicha saralash bosqichi ikkinchi raund birinchi turi doirasida Falastin jamoasiga imkoniyatni boy berdi. 5 sentyabr kuni Al-Ramdagi Feysal al-Hussayn xalqaro stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakun topdi.

Birinchi bo‘lib hisobni himoyachi Oday Dabbag 60-daqiqada ochdi. O‘yinning 84-daqiqasida yarim himoyachi Islam Batranning sa’y-harakatlari bilan Falastin hisobni oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Falastin ilk bor O‘zbekistonni mag‘lub etdi, bunga qadar to‘rtta uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan edi.

D guruhida O‘zbekistonning navbatdagi raqiblari — Yaman (10-oktyabr, “Paxtakor” stadioni), Singapur (15-oktyabr, Milliy stadion) va Saudiya Arabistoni (14-noyabr).

Falastin g‘alabadan so‘ng 3 ochko bilan guruh yetakchisi bo‘ldi. Undan keyin 2:2 hisobida durang o‘ynagan Singapur (1) va Yaman (1) bormoqda. Saudiya Arabistoni 10-sentyabr kuni ilk o‘ynini Yamanga qarshi o‘tkazadi.

Video