Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

«Shuhrat» medali bilan taqdirlanganlar qatorida Toshkentning Yunusobod tumanidagi «Lor plyus servis» xususiy klinikasi otolaringolog shifokori Sergey Tobias ham bor.

Iyul oyida Sergey Tobias reanimatolog bo‘lishiga qaramasdan, ota-onasi klinik o‘lim holatida olib kelgan ikki yoshli Umar Nurillayevni qutqarib qoldi. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, ko‘plab ijobiy munosabatlarni uyg‘otdi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Sergey Tobiasni «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.