Olimpiada-2016 kumush medali sovrindori Shahram G‘iyosov yakshanba kuni Meksikaning Ermosilo shahrida bo‘lib o‘tgan jangda yengil vaznda WBA chempionlik kamarining sobiq vaqtinchalik sohibi Darli Peresni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi.

Video

Birinchi yarim o‘rta vaznda jang olib borayotgan 26 yoshli o‘zbekistonlik bokschi birinchi raundning 30-soniyasida chapdan aniq zarba berib, raqibini og‘ir nokdaunga tushirdi.

35 yoshli kolumbiyalik (34−5−2, 24 KO) qanchadir vaqtda o‘ziga keldi, so‘ngra oyoqqa turdi, biroq uning holatini ko‘rgan referi bahsni tugatdi.

Shahram G‘iyosov (9−0−0, 7 KO) Jahon boks assotsiatsiyasining (WBA) xalqaro chempion maqomini qo‘lga kiritdi.