26−30 avgust kunlari Samarqand shahrida «Sharq taronalari» XII xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi bilan birgalikda «Sharq taronalari» xalqaro XII musiqiy festivalining yangi logotipi tasdiqlandi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.

Festivalga mahalliy va xorijiy davlatlardan musiqashunos olimlar, taniqli san’atkorlar, yetuk mutaxassislar va faxriy mehmonlar taklif etilgan.

Eslatib o‘tamiz, festival logotipini ishlab chiqish to‘g‘risida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilingan edi.