Kuni-kecha Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari A.Vahabov hamda «KUN.UZ» nashri xodimlari o‘rtasida kelib chiqqan holat yuzasidan hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Natijasi haqida keng jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi.