Agar tuman yoki shahar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ortda qolsa, u yerda yer davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratiladi. Vazirlar Mahkamasining 9 avgustdagi qarorida tegishli o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan, deya xabar qildi Norma.uz.

Hujjatga muvofiq, agarda tuman va shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ortda qolsa, eng avvalo, yer ijtimoiy ahamiyatga ega va infratuzilma ob’ektlari qurilishi uchun ajratiladi.

Aynan qaysi tuman va shaharlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotganini Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda aniqlaydi. Biznes va shaharsozlik uchun elektron auksion orqali yer ajratish tartibi mazkur holda qo‘llanilmaydi.