Qozog‘iston iyun oyi boshidan buyon O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi, deya xabar qildi Qozog‘iston Energetika vazirligi.

17 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga 145 mln kVt⋅s yetkazib berildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, yil davomida O‘zbekistonga 1 mlrd kVt⋅s dan ortiq elektr energiyasi eksport qilinadi.

Qozog‘iston elektr energiyasi stansiyalarining modernizatsiya va rekonstruksiya qilinishi, kengaytirilishi natijasida olingan elektr quvvatlari profitsiti sharofati bilan elektr energiyasi eksport qilinmoqda, deyiladi xabarda.